Hujjatda Gruziyada pulning 20 foizidan ko’pini xorijdan oladigan har bir tashkilotni “xorijiy ta’sir agenti” deb ro’yxatga olish taklif etiladi.
Rossiya Yevropa parlamenti saylovlari arafasida Yevropada Ukrainaga qarshi kayfiyatlarni qo’zg’ash uchun dezinformatsiya va tashviqotga zo’r bermoqda. Asosiy nishonda - Fransiya va Germaniya.
Jo Bayden Viskonsin shtatida saylovchilar bilan uchrashuvida texnologiyaga sarmoya haqida gapirdi. “Microsoft” kompaniyasi shtatda yangi ma’lumotlar markazi uchun 3,3 milliard dollar sarflashni rejalamoqda.
“Oxirgi paytlarda so’rovlarda Ukraina mavzusini deyarli ko’rmaysiz, tashqi siyosatni aholining 5 foizidan kami muhim deb biladi”, - deydi Vashingtondagi Amerika universiteti professori Jeyms Turber.
AQSh qo’shinlari Suriyani tark etsa, Suriya demokratik kuchlari qiyin ahvolga tushib qoladi, deydi tahlilchilar.
Mitsotakisning tashrifi o’tgan yil dekabrida Afinaga borgan Erdog’an tashrifiga javob tariqasida ko’rilmoqda. Ikki rahbar vujudga kelgan ijobiy muhitdan samarali foydalanishga intilmoqda.
Prezident Mirziyoyev 8-may kuni Moskvada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida, 9-may kuni g’alaba paradida qatnashmoqda.
Vaziyat keskinlashayotganiga qaramay, XAMAS va Isroil Qohirada vositachilar orqali muzokara qilishda davom etmoqda.
Yevropa ittifoqiga kirish orzusidagi Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlar avjida. Yoshlar yetakchiligidagi chiqishlarda o'qimishli qatlam faol qatnashib, ular tuzumni fikr va so'z erkinligini bo'g'ishga urinayotganlikda ayblamoqda.
Argentina rahbari Xavyer Miley yozda Yevropa davlatlari bo’ylab safari chog’ida Ukrainada ham to’xtab o’tmoqchi. U Kiyevga harbiy yordam berishni, Ukraina-Lotin Amerikasi sammitini o’tkazishni rejalamoqda.
Nomzodlar noyabrgacha bir necha televizion debatda bellashishi kutilmoqda. Munozara kunlari hali belgilanmagan.
“Rossiyadan ma’lumot olish juda qiyinlashgan. U yerda bo’lmaganimiz uchun, bizni “istalmagan tashkilot” deb e’lon qilishgani uchun. Odamlar uchun biz bilan gaplashish juda xavfli”, - deydi Xachaturov.
Ko'proq...