Breaking News

Prezidentlikka da'vogarlar debatida Tramp qatnashmaydi


Oq uyni egallashga intilayotgan respublikachilar
Oq uyni egallashga intilayotgan respublikachilar

23-avgust oqshomida AQSh prezidentligiga da’vogar respublikachilarning ilk debati Viskonsin shtatida bo’lib o’tadi. Reytingi eng baland da’vogar Donald Tramp debatga kelmasligini bildirgan.

Ehtimoliy qatnashchilardan Nyu-Jersining sobiq gubernatori Kris Kristi Trampning ashaddiy tanqidchisi.

Xalqaro hayot - 23-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:38 0:00

Florida gubernatori Ron Desantis va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyli nisbatan mo’tadil pozitsiyani tanlagan. Ular Trampga sodiq qolayotgan partiyadoshlari va saylovchilarni qonunlarni buzmay turib ham Amerika qaddini qayta tiklash mumkinligiga ishontirish ilinjida.

Ayni damda reytingi o’ta past da’vogarlardan sobiq vitse-prezident Mayk Pens Trampning bosimiga qaramay, 2020-yil saylovlarida Bayden g’alabasini rasman tan olishdagi matonatli roli haqida bong urmoqda

Garchi bu kecha debat minbaridan Trampning ajabtovur bayonotlari yangramaydi, lekin u bosh mavzuga aylanadi. Xususan, sobiq rahbarga prezidentligidan oldin, prezidentligi davrida va undan keyin qilgan qilmishlariga doir e’lon qilingan 90 dan ziyod ayblovlar muhokama qilinadi, deydi professor Stiven Farnsvort.

“Respublikachi da’vogarlar uchun qiyin muhit hukmron. Ular iqtisod, Ukraina va immigratsiya kabi dolzarb mavzularda o’z qarashiga ega. Biroq bu haqda so’zlashga yetarli imkon bo’lmaydi. Ulardan Tramp haqida so’raladi”, - deydi olim.

Debat Tramp uchun muhim o’zgarish yasamaydi. U poygada favoritligicha qoladi.

Biroq debatdagi ishtiroki boshqa da’vogarlarning so’rovlardagi reytingi sezilarli darajada ko’tarilishiga yoki tushib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Dotsent Jordan Tama shunday fikrda.

“Avvalgi debatlarda nomzodlarning fikri qimmatga tushib, poygadan chiqib ketishiga sabab bo’lganini ko’rganmiz. Lekin e’tiborga molik mulohazalari bilan reytingi ko’tarilib ketgan nomzodlarni ham ko’rdik”, - deydi u.

Chorshanba oqshomida debat maydoniga tashrif buyurajak har bir da’vogar o’z pozitsiyasini kengroq tushuntirib, respublikachilar partiyasidan yagona nomzodga aylanish ilinjida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG