Breaking News

Abort AQSh bo'ylab eng nozik masalalardan biri


2023-yilning 7-noyabridagi saylov natijasiga ko'ra, Ohayo shtatida abort huquqi kafolatlanadi va himoya qilinadi
2023-yilning 7-noyabridagi saylov natijasiga ko'ra, Ohayo shtatida abort huquqi kafolatlanadi va himoya qilinadi

AQShda bu yilgi mahalliy saylovlarda qator konservativ shtatlarda abort huquqi tarafdorlari yutdi. Kelasi yilgi prezident saylovi oldidan bu liberallar uchun xush xabar.

Homilani oldirib tashlashni jinoyat va gunoh deb hisoblovchi amerikaliklar va abortga avvalo ayolning erkinligi deb qarovchi amerikaliklar azaldan mafkuraviy to’qnashib keladi.

Kentuki va Ohayo shtatlarida bu safar abort tarafdorlari ustun keldi. Qayta saylangan siyosatchilar va takliflari referendumda ma’qullangan arboblar mamnun.

“Keyingi saylovda ham bu masala dolzarb bo’ladi, chunki fuqaro befarq emas”, - deydi Veronika Ingam, faol.

“Ohayo shtatida abortga qarshi siyosiy guruhlar targ’ibot uchun o’nlab million dollar sarfladi”, - deydi Kristan Hokins, bu harakatning yosh yetakchilaridan biri.

AQShda abort huquqi tarafdorlari so'nggi saylovlar natijasidan mamnun
AQShda abort huquqi tarafdorlari so'nggi saylovlar natijasidan mamnun

2022-yilda Oliy sud homilani oldirib tashlash konstitutsion huquq emas deb e’lon qilganidan beri bu masala shtatma-shtat qayta ko’rib chiqilmoqda, ziddiylar keskin. Ko’plab shtatlarda abort cheklandi, boshqalarida ham muhokama qizigan. Jamiyatni ikkiga bo’lgan masala.

“Amerikada homilani muayyan muddatgacha oldirib tashlash ayolning huquqi degan qonuniy kafolat bor edi, endi yo’q. Har bir shtat bu borada o’z qonunlariga ega. Unga mutlaq qarshilar harakatni kuchaytirgan, tarafdorlar esa davlat ayolning qachon tug’ib-tug’masligiga aralashmasin, deb bong urmoqda”, - deydi tahlilchi Jeremi Mayer.

AQShda mahalliy saylovlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:56 0:00

Virjiniya shtatida so’nggi saylovda demokratlar g’alaba qozondi. Abort bu shtatda ham eng nozik mavzulardan. Lekin prezident saylovlarida u qadar muhim rol o’ynamasligi mumkin, deydi ekspert Todd Belt. Iqtisod birinchi o’rinda.

“Tirikchilik - asosiy masala. Boshqa muammolar ham talay. Hammasini birma-bir ko’rib chiqsak, abortga qarshilik yoki bu huquqni himoya qilish masalasi u qadar yuqorida emas”, - deydi Belt ommaviy so’rovlar natijasiga ishora qilib.

Respublikachilar e’tiborni ataylab boshqa sohalarga qaratishga urinadi, deydi tahlilchilar, ayniqsa abort erkin bo’lgan shtatlarda.

“Qurolli jinoyatlar, immigratsiya, inflyatsiya va qimmatchilik kabi mavzular muhokamada bo’lsa, ajabmas. AQShda ham muammolar cheksiz”, - deydi Belt.

Ekspertlar deydiki, abort aslo hal bo’lmaydigan masalalardan biri. Unga qarshilar va uning tarafdorlari ko’p ekan, biror shtatda bu mavzu yopilmaydi. Xotin-qizlarning ovozi ham balandlashgan, chunki homilador bo’ladigan ular. Ularning salomatligi qil ustida.

XS
SM
MD
LG